Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati A.Bo‘tayev “Ma’naviyat” mahallasida joylashgan oilaviy shifokor punktiga (OSHP) tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mavjud shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda xodimlarning faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, muassasa rahbariyati va tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

Xususan, uchrashuv chog‘ida OSHPda elektr energiyasi ta’minotida tez-tez uzilishlar kuzatilayotgani, bu holat ayrim tibbiy jihozlarning uzluksiz ishlashiga hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ma’lum qilindi.

Deputat tomonidan mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda muassasaning faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4