Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Qoronqul” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim X.Sultanmurodov faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish va davlat tomonidan berilgan imtiyoz hamda ko‘mak choralaridan foydalanishini ta’minlash borasidagi faoliyat o‘rganildi.

🔺Deputat tomonidan ijtimoiy xizmat oluvchilarning shaxsiy yig‘ma jildlari, murojaatlar bilan ishlash holati, ijtimoiy xizmatlar reyestrining yuritilishi hamda belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi. Ayniqsa, ijtimoiy xizmatlarga muhtoj fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔺O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yo‘nalishdagi ishlar ustidan deputatlik nazorati olib borilishini ta’kidladi.

Slide 1 of 1