Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚОРАПОЛВОН–РАДИВОН КЎПРИГИНИ ҚАЙТА ҚУРИШ ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ — ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЧИҚИНДИ МУАММОЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
ИСТЕЪМОЛЧИЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛА: РЕПРОДУКТИВ САЛОМАТЛИКНИ САҚЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЎП ҚАВАТЛИ УЙЛАРГА КЎРСАТИЛАЁТГАН ХИЗМАТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАРНИНГ МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

  🔷 Maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari M. Madarqulov, L. Hakimova, N. Saidova hamda S. Abdulaxatovalar tomonidan Sherobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi, “Buyuk ipak yo‘li” mahallasi hududida joylashgan 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

👶 O‘rganish jarayonida muassasaning bugungi faoliyati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi, sanitariya-gigiyena holati hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📋 Shuningdek, muassasa faoliyatida uchrayotgan ayrim kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Deputatlar tomonidan maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy soha rivojini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish hamda aholining ehtiyojlariga tezkor javob berishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5