Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Ijtimoiy infratuzlma rivoji va obodonlashtirish - muhim jarayon

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov boshchiligida tuman Kengashi deputatlari
tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganilmoqda. O‘rganish jarayonlarida
xalq deputatlari tuman Kengashiga “14-Farg‘ona” saylov okrugidan deputat-“Nuroniylar” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Oribjon Tupayev, O‘zXDP Uchko‘prik tuman Kengashi raisi Zamiraxon Darvisheva, “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul xodimlari ishtirok etmoqda.
 

O‘rganishlar davomida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi asosida uy-joyni ta’mirlash, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda keksalar va nogironligi bo‘lgan
shaxslar yashash sharoitini moslashtirish kabi tadbirlar belgilangan. Jumladan, “Oltin vodiy mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi Tadjibayev Ravshanjon murojaati yuzasidan uning xonadonidagi qurilish-taʼmirlash ishlari ko‘zdan kechirildi va ularning sifatiga alohida e’tibor qaratildi. Xonadondagi qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi tegishli doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibigi kiritilishi belgilandi.
 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi 

   

Slide 1 of 1