Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Amir Temur mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Amir Temur mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarga yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul Shirin shahar hokimi, shahar deputati Dilfuza Kambarova boshchiligida o‘tkazilib, unda shahar IIB boshlig‘i Abdurashid Baykulov, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

Muloqot davomida aholi tomonidan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, bandlikni ta’minlash, ko‘p qavatli uylar tutash hududlariga sug‘orish suvi yetkazib berish, bolalar o‘yingohlari qurish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, joyida hal etish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha aniq yechimlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qabul davomida fuqarolarni shunchaki tinglash emas, balki ko‘tarilgan muammolarga amaliy yechim topish, murojaatlarning ijobiy hal etilishi va aholi roziligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Bu kabi ochiq muloqotlar orqali aholini qiynayotgan masalalarni manzilli hal etish hamda xalq bilan muloqotni yanada mustahkamlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6