Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN O‘TKAZILGAN UCHRASHUVI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati doimiy komissiya raisi Abduvoxidov Shuxrat Abduxamidovich tomonidan o‘zi saylangan okrugidagi “Yoshlik” va “Qo‘rg‘ontepa” MFY saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv jarayonida aholi tomonidan aytilgan muammolar yuzasidan “Toshkent viloyati suv ta`minoti” AJ Parkent tumani filiali boshlig‘i A.Ermatovga 22-ds-485-26-son deputat so‘rovi yubordi. Murojaatda “Yoshlik”
va “Qo‘rg‘ontepa” mahallalarining ko‘chalarida suv quvurlari qopqoqlarining mavjud emasligi, buning natijasida quvurlarning chiqindilar bilan to‘lib qolganligi aholi uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani, mazkur holat nafaqat sanitariya va obodonlashtirish masalalarida, balki fuqarolar, ayniqsa yosh bolalar xavfsizligi bilan bog‘liq qator muammolarni ham yuzaga keltirayotgani bildirilib,
mazkur hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish, “Yoshlik” va “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududlaridagi mavjud suv quvurlari holatini to‘liq o‘rganish, suv quvurlari qopqoqlarini o‘rnatish hamda quvurlarni tozalash yuzasidan amaliy ishlarni jadallashtirish, shuningdek hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan. 

Slide 1 of 2