Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova tomonidan hududda “Mustahkam oila — jamiyat tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida oilaning jamiyat hayotidagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, farzandlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish hamda yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasida fikr almashildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash hamda farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ishtirokchilar tomonidan oilalarda totuvlikni mustahkamlash, mahalla va oila hamkorligini kuchaytirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, davra suhbatida jamiyat taraqqiyoti va yurt tinchligi, avvalo, oilalardagi barqaror muhit, o‘zaro ishonch va hamjihatlik bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlandi. Tadbir yakunida oilalarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom va mustahkam oilaviy muhitni shakllantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish lozimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3