Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Navoiy shahrida ta’lim sifati va bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlari muhokama qilindi

Navoiy shahrida ta’lim sifati va bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlari muhokama qilindi


Ushbu jarayonda Navoiy shahar Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Erkin Navro‘zov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toirovlar Navoiy shahar Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga tashrif buyurib, navbatdagi kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganish davomida bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga eng kam qabul qilingan umumta’lim maktablarida ta’lim sifati, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Mas’ullar tomonidan ta’lim samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning pedagogik salohiyatini kuchaytirish hamda o‘quvchilarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganish ishlari ta’lim tizimidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, maktablarda ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan muhim amaliy qadam sifatida baholandi.

Slide 1 of 5