Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 9-Obod saylov okrugidan saylangan deputat B.Yusupov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorligida “Obod” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan muammolar, kommunal xizmatlar sifati, mahalla hududida obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan ayniqsa chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ayrim hududlarda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha taklif va murojaatlar bildirildi.

Shundan so‘ng mahalla hududida chiqindilarni to‘plash va olib chiqish ishlarining amaldagi holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ayrim ko‘chalarda chiqindilarni olib chiqish ishlarini belgilangan grafik asosida tashkil etish, chiqindi to‘plash joylari atrofida tozalikni ta’minlash hamda aholi o‘rtasida sanitariya madaniyatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, mahallalarda tozalik va ozodalikni ta’minlash, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi uchun qulay yashash sharoitini yaratish borasida bunday o‘rganish va muloqotlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4