Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Haftalik ish rejani ijrosi
Haftalik ish rejani ijrosi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan to‘rtta muhim masala atroflicha muhokama qilindi.

 Kun tartibidagi birinchi masala — Sariosiyo tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari xarajatlari ijrosi, shuningdek, tuman mahalliy budjetining joriy yil I chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hamda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimining hisoboti bo‘ldi.

Mazkur masala yuzasidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati hamda budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

️ Kun tartibidagi ikkinchi masala — mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan hamda amalda to‘langan mablag‘lar, shuningdek, soliq qarzdorligini qisqartirish borasida 2026-yilning I choragi davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti bo‘ldi.

Hisobot davomida budjet tushumlarini oshirish, yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish hamda soliq intizomini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

️ Kun tartibidagi uchinchi masala — Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida bo‘lib, ushbu mablag‘larni hududdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish va ijtimoiy obyektlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqildi.
️ Kun tartibidagi to‘rtinchi masala — Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining 2026-yil 29-dekabrdagi VII-13-122-8-116-K/25-son qaroriga o‘zgartishlar kiritish haqida.

Yig‘ilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli tavsiya berildi.
Slide 1 of 5