Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish — muhim vazifa

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish doimiy komissiyasi tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda hududdagi kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda mahalla faollari, jamoatchilik vakillari hamda mutasaddilar faol ishtirok etib, hududdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shuningdek, hudud profilaktika inspektori K.Abdujalilovning 2026-yil 1-choragi davomida olib borgan faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi. Hisobotda mahallada jinoyatchilikni oldini olish, yoshlar o‘rtasida nazoratni kuchaytirish, oilaviy nizolarni bartaraf etish hamda fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

Yig‘ilish davomida yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, jinoyatchilikning oldini olish hamda mahallada tinch va osoyishta muhitni mustahkamlash bo‘yicha galdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yakunda mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla faollariga huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining murojaatlari bilan manzilli ishlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur sayyor yig‘ilish hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3