Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
“Yoshlar kuni” doirasida mahalla yoshlari bilan uchrashuv

   

             “Yoshlar kuni” munosabati bilan Andijon “Suv ta’minoti” AJ Jalaquduq filiali rahbari Q.Turg‘unov hamda tuman Kengashi qoshidagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zosi H.Latipov hamkorligida “Yangisor” MFY hududida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida mahalla yoshlarining muammo va takliflari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, zamonaviy kasblarni egallash, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan batafsil javob oldilar. Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Slide 1 of 3