⚡️ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati G.Dosova tomonidan tumanning Asavey va Zamondosh mahallalari hududidan o‘tuvchi Mamnun ko‘chasidagi nosoz elektr sim ustuni yuzasidan yuborilgan deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi.
🔧 Murojaat asosida mutasaddi tashkilot tomonidan hududdagi eski va xavfli holatga kelib qolgan elektr sim ustuni demontaj qilinib, uning o‘rniga yangi elektr ustuni o‘rnatildi.
🚧 Amalga oshirilgan ishlar natijasida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, piyodalar va transport vositalari harakati uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishga erishildi.
🤝 Hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.