Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
NAVOIY SHAHRIDA QURILISH, KOMMUNAL XO‘JALIK VA EKOLOGIYA YO‘NALISHLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

NAVOIY SHAHRIDA QURILISH, KOMMUNAL XO‘JALIK VA EKOLOGIYA YO‘NALISHLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tasheva Shaxnoza Azamatovna xizmat safari bilan Toshkent shahrida bo‘lib turganligi munosabati bilan, belgilangan reja-grafik asosida o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan amalga oshirildi.

Jumladan, Navoiy shahar qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida shahar hududlarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholiga qulay infratuzilma yaratish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish hamda yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi, aholi murojaatlari asosida olib borilayotgan ishlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida sohadagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, aholi uchun munosib va qulay shart-sharoitlar yaratish hamda shaharning ekologik qiyofasini yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, aholi farovonligini ta’minlash hamda shahar infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.