Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Aholini tomorqadan samarali foydalanishi deputat e’tiborida.

Aholini tomorqadan samarali foydalanishi 5-Bog’cha saylov okrugi deputat M.Atoyeva e’tiborida bo’lib, ushbu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlar joylarda tizimli ravishda o’rganilmoqda. Qaxramon mahallasining aholi xonadonlariga tashriflar davomida tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, mavjud imkoniyatlarni to’liq ishga solish va qo’shimcha daromad manbaini yaratish masalalariga alohida urg’u berilmoqda.

Xususan, pomidor va kartoshka kabi asosiy sabzavot ekinlarini yetishtirish va parvarishlash jarayonlari ko’zdan kechirilib, agrotexnik talablarga amal qilish holati tahlil etildi. Ekinlarni o’z vaqtida ekish, sifatli urug’ tanlash, yerni tayyorlash, mineral va organik o’g’itlardan oqilona foydalanish, muntazam sug’orish ishlarini yo’lga qo’yish

muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, kasallik va zararkunandalarga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish, hosildorlikni oshirishga qaratilgan zamonaviy usullardan foydalanish bo’yicha tushuntirishlar berildi.

O’rganishlar davomida ayrim xonadonlarda yuqori natijalarga erishilayotgani qayd etilib, ularning ilg’or tajribalarini ommalashtirish yuzasidan takliflar ilgari surildi. Shu bilan birga, tomorqadan foydalanishda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar ham ko’rsatib o’tildi va ularni bartaraf etish bo’yicha aniq tavsiyalar berildi.

Aholini tomorqachilik faoliyati orqali bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, oilaviy byudjetga qo’shimcha daromad kiritish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

  

Slide 1 of 1