Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Inson qadri uchun: “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati D.Toshboyeva "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodimning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi va tahliliy muhokama o‘tkazdi.

💬 O‘rganish va muhokama markazida quyidagi masalalar turdi:

🟢Manzilli yordam: Mahalladagi yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bilan ishlash holati;

🟢Xizmat ko‘rsatish sifati: Ijtimoiy xodim tomonidan ko‘rsatilayotgan psixologik, huquqiy va maishiy xizmatlarning natijadorligi;

🟢Hamkorlik: Ijtimoiy xodimning "Mahalla yettiligi" va "Inson" ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazi bilan aloqasi.

📌 Muloqot davomida deputat D.Toshboyeva ijtimoiy xodimning mas’uliyati nafaqat moddiy yordam berish, balki og‘ir vaziyatga tushib qolgan insonlarga ma’naviy madad bo‘lish va ularni jamiyatga moslashtirishdan iborat ekanligini ta’kidladi.

💬 Muhokama yakunida mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish va ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan takliflar berildi.

Slide 1 of 1