Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Deputat mahallada Maktab kutubxonasining ahvoli va kitobxonlik darajasi o‘rganildi

 Maktab kutubxonasining ahvoli va kitobxonlik darajasi o‘rganildi 

 Aholi va
yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, madaniyat va ma’rifat maskanlarining
moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda ularda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan
kechirish deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
 

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashidagi
15-Fayzabod saylov okrugi deputati (XDP Kengashi raisi) D.Komilova hamda
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan hududdagi madaniyat
muassasalari, muzey va kutubxonalarning holatini tahlil qilish maqsadida
navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
 

Kuzatuv tadbiri davomida mahalladagi 17-umumta’lim
maktabining kutubxonasi ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor
quyidagi muhim jihatlarga qaratildi:
 

Kutubxonaning kitob fondi, darsliklar, badiiy va
ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
 

O‘quvchilar va mahalla yoshlari uchun yaratilgan
shinam qiroatxona sharoitlari;
 

Axborot-resurs markazidan foydalanish va yoshlarni
kitobxonlikka jalb etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar.
 

 Xulosa va
tavsiyalar: O‘rganish yakunida kutubxona fondini yangi badiiy adabiyotlar bilan
yanada boyitish, mahalla yigit-qizlari o‘rtasida turli kitobxonlik tanlovlari
va ma’rifiy kechalarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli
tavsiyalar berildi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 4