Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusayinov Alisher Abduvahobovich qabulida Al-Xorazmiy MFY fuqarolari tomonidan isitish tizimi, issiq suv ta’minoti hamda ichki muhandislik tarmoqlaridagi mavjud muammolar yuzasidan murojaat qilindi.

Murojaatda ko‘p qavatli uylarda issiqlik ta’minoti talab darajasida ishlamayotgani, issiq suv haroratining pastligi, ichki isitish tarmoqlaridagi texnik nosozliklar sababli aholiga noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi. Shuningdek, sovuq kunlarda xonadonlar yetarli darajada isinmasligi va issiq suv kelishi uchun jo‘mrakni uzoq vaqt ochiq holda ushlab turishga to‘g‘ri kelayotgani natijasida ortiqcha suv sarfi hamda qo‘shimcha xarajatlar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi.

Deputat A. Xusayinov murojaatni tegishli tartibda ro‘yxatga olib, mas’ul tashkilotlar va sohaviy mutaxassislar bilan birgalikda holatni joyiga chiqqan holda o‘rgandi. O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylardagi issiqlik ta’minoti, issiq suv tizimi va muhandislik kommunikatsiyalarida qator texnik kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

🔽Xususan, ayrim uylarning yerto‘lalaridan o‘tgan ichimlik suvi tarmoqlari noqonuniy ravishda kanalizatsiya tizimiga ulanib qolgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat sanitariya-epidemiologik jihatdan fuqarolar salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi qayd etildi hamda aholi salomatligi har doim ustuvor masala ekani alohida ta’kidlandi.

➡️O‘rganish yakunida Al-Xorazmiy MFY hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, suv ta’minoti tizimidagi kamchiliklarni qisqa muddatlarda hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 7