Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Deputat Matlyubaxon Abduraxmonova O‘rda tagi mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan uchrashib, hududda olib borilayotgan ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini o‘rgandi.

 Uchrashuv davomida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar, oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligi muhokama qilindi.

Muloqot davomida deputat mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini manzilli hal etish va ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida to‘xtaldi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda mahalla tizimi orqali ayollar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikka jalb etish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan hududdagi ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, yosh kelin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni hunarmandchilik va tadbirkorlikka yo‘naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv jarayonida xotin-qizlarni qiynayotgan ayrim masalalar ham ko‘tarildi. Jumladan, bandlik, imtiyozli kreditlar olish, tibbiy xizmat sifati hamda yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq taklif va murojaatlar deputat tomonidan tinglandi. Bildirilgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3