Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
AHOLI BANDLIGI MASALALARI. “MAHALLA YETTILIGI” BILAN HAMKORLIKDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 18-Buloqboshi saylov okrugidan saylangan deputat Sabriddin Karimshikov o‘zi saylangan okrugdagi “Samarobod” MFYda bo‘lib, mahalla “yettiligi” vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan va ko‘makka muhtoj oilalarni ijtimoiy himoya qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.Shuningdek, MFY raisi hamda “Mahalla yettiligi” vakillarining faoliyati tahlil qilinib, aholi muammolarini hal etishdagisamaradorlik baholandi. Mahalliy Kengash deputatlari va senatorlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashilib, mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Deputat Sabriddin Karimshikov o‘z so‘zida mahallada
barcha yo‘nalishlarda ishlarni samarali tashkil etishda mahalla raisi boshchiligida tizimli faoliyat olib borish, shuningdek, “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamjihatlikda faoliyat yuritishi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.Tadbir yakunida fuqarolarning yechimini kutayotgan muammolari yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Ushbu uchrashuv mahalla va deputatlar o‘rtasidagi
hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda aholi muammolarini tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  

Slide 1 of 3