Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
KQ-35 IJROSI DOIRASIDA MAHALLADAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

Xalq demokratik partiyasidan saylangan, 2-Bog‘ishamol saylov okrugidan deputat M.Pardaev “Yangihayot” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy muhit, infratuzilma holati, aholining murojaatlari hamda mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Senatining KQ-35-sonli qarori ijrosi doirasida mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda hududiy muammolarni tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan mahalla faollari bilan doimiy muloqot olib borish, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4