Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
#_Doimiy_komissiya_faoliyati

#_Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya" masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zolari navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yani, tuman Ekopolitsiya bo'limi tomonidan 2026-yilning I-choragida amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqqan holda nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

️ O‘rganish jarayonida ekopalitsiya tomonidan hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish, chiqindilarni saralash va ularni belgilangan tartibda olib chiqish tizimini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar batafsil tahlil qilindi. Shuningdek, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va butalarni asrash hamda ko‘paytirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishidagi amaliy choralar ham alohida ko‘rib chiqildi.

️ Monitoring davomida hududlarda olib borilayotgan reyd tadbirlari samaradorligi, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari holati, ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi darajasi o‘rganildi. Shu bilan birga, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

️ Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar doimiy komissiya tomonidan qat’iy nazoratga olinib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, aniqlangan muammolarning tizimli bartaraf etilishi yuzasidan muntazam monitoring olib boriladi.

Slide 1 of 3