Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati G.Sayitqulova tomonidan o‘ziga biriktirilgan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun (O‘RQ–328-son, 2012-yil 2-may) ijrosi yuzasidan saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytirish hamda qulay biznes muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qonun bilan tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish, tekshiruvlar tizimini tartibga solish, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash va tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishi uchun yaratilgan kafolatlar alohida ta’kidlandi.

💬 Uchrashuvda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlar va xotin-qizlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2