Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
“Alpomish” mahallasida yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurilishi ishlar o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son Qarori ijrosining ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar davom ettirildi.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 20-Qozoyoqli saylov okrugidan saylangan deputat Musayev Lazizjon hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurodlar tomonidan mahallada yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlash ishlari holati o‘rganildi.

Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari “TALLASHQON-INVEST” tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozirda qurilish obyektida g‘isht terish ishlari to‘liq bajarilib, binoda elektr ulash ishlari va ichki suvoqlash ishlari bajarilmoqda.

O‘rganish jarayonida qurilish maydonidagi ishlarning borishi, binoning loyiha asosida barpo etilishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati hamda obyektni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilishi mahalladagi bolajonlar uchun zamonaviy va qulay ta’lim-tarbiya muhitini yaratish, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish hamda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan mutasaddilarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5