Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Olmazor” mahallasida O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi milliy sport ligasi o‘yinlarining shaxmat-shashka sport yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa oldidan xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati J. Rahmonqulov hamda musobaqa ishtirokchilari yurtimizda shaxmat-shashka sport turining ommalashuvi va rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan, ko‘plab yoshlarning jahon, Osiyo va Respublika chempioni bo‘lishida ustozlik qilgan xalqaro grossmeyster, marhum Mamatqul Xaylayev yashagan xonadonga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida marhum ustoz xotirasi yod etilib, duolar qilindi. Shuningdek, jahon, Osiyo va Respublika chempionlari bo‘lgan farzandlari hamda nabiralari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning kelgusida bundan-da yuksak marralarni zabt etishlari tilab qolindi.

30 yoshdan yuqori aholi vakillari o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada mahallalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fuqarolar ishtirok etdi. Bellashuvlar qizg‘in kurashlar, bahs va tortishuvlarga boy tarzda, yuqori kayfiyatda o‘tdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, “Navbahor” mahallasidan ishtirok etgan Nazokat Sulaymonovaga shashka yo‘nalishida teng raqib topilmadi. G‘oliblar musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Slide 1 of 4