Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
DEPUTAT FAOLIYATI: IMTIYOZLAR IJROSI VA INSON QADRI

1-Navro‘z saylov okrugidan saylangan deputat, O‘zLiDeP partiyasi a’zosi Uralov Mamasoli Robbimovich tomonidan "Navro‘z" mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ularni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilgani aniqlandi. Xususan, Uchqun ko‘chasi 5-uyda yashovchi, birinchi guruh nogironi Ozoda Odilovaning xonadoniga 5 kW quvvatli quyosh paneli o‘rnatilgan, uyning tomi shifer qilinib, fasad qismi va hammomi to‘liq ta’mirlangan. Shuningdek, xonadonga zamonaviy romlar o‘rnatilib, to‘rtta xonaga isitish tizimi o‘rnatilgan hamda ikki xona kapital ta’mirdan chiqarilgan.
Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj boshqa fuqarolar ham e’tibordan chetda qolmagan. Uchqun ko‘chasi 25-uyda yashovchi Gulmira Isokovaga hamda Katta Navro‘z ko‘chasi 56-uyda yashovchi Karim Xamirayevga harakatlanish uchun maxsus hassalar yetkazib berilgan. K. Xamirayev Namangan viloyatidagi "Kosonsoy" sanatoriysida bepul sog‘lomlashtirish kursini o‘tab qaytgan bo‘lsa, Uchqun ko‘chasi 28-uyda yashovchi Zafar Sharapov nogironlar aravachasi bilan ta’minlangan.
Yangi bino ko‘chasi 7-uyda istiqomat qiluvchi Baxtiyor Abdimuradovga Nogironlar jamiyati tomonidan oziq-ovqat jamlamalari va davolanish uchun order berilgan bo‘lib, u bepul dori-darmon bilan uzluksiz ta’minlanmoqda. Uning turmush o‘rtog‘i Maqsuda Ergasheva esa rasmiy ravishda doimiy qarovchi etib tayinlangan. Chorvador ko‘chasi 43-uyda yashovchi, ikki karra Paralimpiya o‘yinlari sovrindori Sohibjon G‘aybullayevga esa zamonaviy elektron nogironlar aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan. O‘rganishlar davomida aniqlangan ushbu chora-tadbirlar hududda ijtimoiy himoya tizimi samarali ishlayotganini ko‘rsatmoqda.

Slide 1 of 6