Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Navoiyda sport sohasidagi islohotlar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Navoiyda sport sohasidagi islohotlar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Joriy yilning 14-may kuni Navoiy shahrida yoshlar sportini rivojlantirish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mavjud muammolarni muhokama qilishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri
J. Hafizov, O‘zMTDP Navoiy viloyat Kengashi raisi T. Axmedov, markaz o‘quvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida sport sohasini har tomonlama rivojlantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, sport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, yosh sportchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, sport sohasini rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslarini bildirdi. Mutasaddilar tomonidan ularning savollariga batafsil javoblar berildi.

Tadbir yakunida viloyat Kengashi deputati tomonidan Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga viloyatning tarixi, madaniyati hamda bugungi taraqqiyotini aks ettiruvchi kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi. Ta’kidlanganidek, mazkur tashabbus yoshlarning milliy qadriyatlar va yurt tarixiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4