Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

 IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI TAHLIL QILINDI  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.To‘lqinboyev
tomonidan Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodimning faoliyati
atroflicha o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodimning aholiga
ko‘rsatayotgan xizmatlari sifati, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi,
fuqarolarning muammo va ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni hal
etish ishlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni
aniqlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish, hujjatlar yuritilishi, hisobotlar
tayyorlash va elektron platformalar orqali ma’lumot kiritish jarayonlari ham
o‘rganilib, tahlil qilindi. 

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish
bo‘yicha ijtimoiy xodimga aniq tavsiyalar berildi. Jumladan, manzilli yordamni
ehtiyoj asosida to‘g‘ri taqsimlash va elektron hisobot tizimini yaxshilash
yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, kelgusida ish samaradorligini
oshirish hamda aholi bilan ishlashda ochiqlik, shaffoflik va tezkorlikni
ta’minlash vazifalari belgilab berildi.  

Slide 1 of 1