Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ Сел-тошқинларнинг олдини олиш ишлари ўрганилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ВА БЕМОРЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
ТАДБИРКОР АЁЛ ТУТ ЕТИШТИРИШ ОРҚАЛИ ПИЛЛАЧИЛИККА ҲИССА ҚЎШМОҚДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММОЛАРИ МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ХОТИРА ВА ҚАДРИЯТЛАР ЭЪЗОЗЛАШ
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУАММОЛАР ВА ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБЛИ РЕЖАЛАШТИРИШДАН БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
#deputat_va_yoshlar_uchrashuvi
#deputat_va_yoshlar_uchrashuvi

Yoshlar tashabbuslari va imkoniyatlari muhokama qilindi

Kogon shahrida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi xodimlari hamda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati A. Ergashev ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan samimiy va ochiq suhbat olib bordi.

Muloqot davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhitni asrash, “Yashil makon” loyihalari, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat A. Ergashev tomonidan yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4