Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ Сел-тошқинларнинг олдини олиш ишлари ўрганилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ВА БЕМОРЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
ТАДБИРКОР АЁЛ ТУТ ЕТИШТИРИШ ОРҚАЛИ ПИЛЛАЧИЛИККА ҲИССА ҚЎШМОҚДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММОЛАРИ МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ХОТИРА ВА ҚАДРИЯТЛАР ЭЪЗОЗЛАШ
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУАММОЛАР ВА ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР ЎРГАНИЛДИ
🌉 Ko‘raklar zaxkashi ko‘prigi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

📢 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Yaxshimuratova Muxabbat Allaberganovna tomonidan Shovot tumani Idaliqal’a mahallasi hududidan o‘tuvchi “Bog‘ot q. – Yangiariq q. – Xiva sh. – Qo‘shko‘pir q. – Shovot sh. – Gurlan sh.” avtomobil yo‘lining D-220-raqamli qismida joylashgan Ko‘raklar zaxkashi ko‘prigining bugungi kundagi holati yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.
🔍 Aniqlanishicha, mazkur ko‘prik ayni paytda ta’mirtalab holatga kelib qolgan bo‘lib, hudud aholisi, ayniqsa, ushbu yo‘nalishdan muntazam foydalanib kelayotgan fuqarolar uchun qator noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda. 🚧 Shuningdek, ko‘prikning mavjud texnik holati avtotransport vositalari harakati xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 🚗💨
⚠️ Shu munosabat bilan Shovot tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori M.Saidov nomiga yuborilgan 50-ds-448-26-sonli deputat so‘rovida mazkur ko‘prikni qisqa muddatlarda ta’mirlash, fuqarolar hamda avtotransport vositalarining xavfsiz va uzluksiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish so‘ralgan.
🏗 Ta’kidlanganidek, ushbu masala hudud infratuzilmasi hamda aholining kundalik hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, muammoning ijobiy hal etilishi fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
✅ Hududdagi infratuzilma obyektlarini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.