Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ Сел-тошқинларнинг олдини олиш ишлари ўрганилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ВА БЕМОРЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
ТАДБИРКОР АЁЛ ТУТ ЕТИШТИРИШ ОРҚАЛИ ПИЛЛАЧИЛИККА ҲИССА ҚЎШМОҚДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММОЛАРИ МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ХОТИРА ВА ҚАДРИЯТЛАР ЭЪЗОЗЛАШ
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУАММОЛАР ВА ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБЛИ РЕЖАЛАШТИРИШДАН БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 4-Dalmun saylov okrugidan saylangan deputat O.SHerov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov va bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorligida “Dalmunobod” mahallasi hududida joylashgan 21-Oilaviy poliklinikada aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
✔️O‘rganish jarayonida poliklinikada aholiga ajratilgan imtiyozli va bepul dori vositalarining tarqatilishi, ularning hisobini yuritish, dori zaxirasi hamda fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazib berilishi masalalari ko‘zdan kechirildi.
✔️Shuningdek, tibbiyot muassasasi mas’ullari bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ayniqsa ehtiyojmand toifadagi fuqarolarni dori-darmon bilan uzluksiz ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
✔️O‘rganish davomida markaziy dorixonadan olinadigan dori vositalarini saqlash va realizatsiya qilish xonasida shart-sharoitlar yetarli emasligi ya’ni sovutgich yo‘qligi muammosi mavjudligi aniqlanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan, tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Ya.Olimov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
✔️Ta’kidlanganidek, aholi salomatligini muhofaza qilish, ularni zarur dori vositalari bilan ta’minlash masalasi doimiy deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 7