Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ Сел-тошқинларнинг олдини олиш ишлари ўрганилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ВА БЕМОРЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
ТАДБИРКОР АЁЛ ТУТ ЕТИШТИРИШ ОРҚАЛИ ПИЛЛАЧИЛИККА ҲИССА ҚЎШМОҚДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММОЛАРИ МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ХОТИРА ВА ҚАДРИЯТЛАР ЭЪЗОЗЛАШ
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУАММОЛАР ВА ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБЛИ РЕЖАЛАШТИРИШДАН БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Og‘ir toifadagi mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Og‘ir toifadagi mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Prezidentimizning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga qaratilgan qaroriga muvofiq, Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov hamda tuman Kengashi deputati S.Qosimov tumandagi “Niholzor” mahallasida bo‘lib, hudud infratuzilmasini rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mahallada olib borilishi rejalashtirilgan qurilish va ta’mirlash ishlari yuzasidan batafsil fikr almashilib, loyihalarning aniq ijro mexanizmlari, moliyalashtirish manbalari hamda amalga oshirish muddatlari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, elektr energiyasi va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rivojlantirish masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olindi. Mutasaddi tashkilotlarga har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Uchrashuv jarayonida mahalla faollari va aholi vakillarining fikr-mulohazalari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Ta’kidlanganidek, bunday amaliy tashriflar hududlarni kompleks rivojlantirish hamda aholining turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3