Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
Xotira bor ekan — millat barhayot!

Xotira bor ekan — millat barhayot!
9-may — “Xotira va qadrlash kuni” yurtimizda xalqimizning eng ulug‘, ma’naviy ahamiyati yuksak bayramlaridan biri sifatida keng nishonlanadi. Bu sana — Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi va bugungi erkin hayotimiz uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatish kunidir. Bugun Angor tumanida ham ushbu muborak sana munosabati bilan xotira va qadrlash tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tuman hokimi Qosim Mardonov hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich, tuman Kengashi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirokida “Motamsaro ona” monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning jasorati yodga olinib, ularning mardligi, matonati va Vatanga sadoqati yosh avlod uchun haqiqiy ibrat ekani alohida ta’kidlandi. Ajdodlarimizning qahramonligi, sabr-toqati va yurtga bo‘lgan cheksiz muhabbati bugungi kunda ham yoshlar qalbida vatanparvarlik, fidoyilik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xotira — muqaddas. Qadrlash esa insoniylikning eng oliy fazilatidir.

Slide 1 of 1