Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
“Kengash raisi amaliy o‘rganish va muloqot jarayonida”

“Kengash raisi amaliy o‘rganish va muloqot jarayonida”

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdisalom Javliyevich tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida aholi bilan bevosita muloqot qilinib, ularning turmush darajasi, bandligi hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mazkur o‘rganishda mahalla raisi hamda mahallaga biriktirilgan bank mutaxassisi ishtirok etib, aholiga ajratilgan kreditlar samaradorligi va ularning maqsadli ishlatilishi yuzasidan ma’lumotlar berildi. Jumladan, fuqaro Norboyeva Shohista Shavkat qizi tomonidan kredit mablag‘i evaziga tikuvchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Tikuv mashinasi xarid qilinib, uy sharoitida tikuvchilik ishlari tashkil etilgan bo‘lib, hozirda buyurtmalar asosida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur faoliyat nafaqat oilaviy daromadni oshirish, balki kelgusida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkonini ham bermoqda. Kengash raisi tomonidan ushbu tashabbus ijobiy baholanib, faoliyatni yanada kengaytirish, hamda bozor bilan bog‘lash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mas’ullarga bu kabi tashabbuskor fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish topshirildi.

Slide 1 of 1