Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
“Sardoba” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

“Sardoba” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

🏛 Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi boshchiligida “Sardoba” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. Ushbu o‘rganishlarda viloyat Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov, viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi I. Ikromov, komissiya raisining o‘rinbosari R. Egamberdiyev, hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari U. Urmanova, shahar Kengashi deputatlari N. Ubaydullayev va O. Yusupov hamda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirok etdilar.

🏢 O‘rganish davomida “Sardoba” mahallasi fuqarolari yig‘ini binosida yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnika ta’minoti, aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi hamda murojaatlar bilan ishlash tizimi atroflicha tahlil qilindi.

📊 Shuningdek, mahalla “yettligi” tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishlarda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

📈 Mahalla tizimida aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, ochiqlik va manzilli yondashuvni kuchaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 5