Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Deputat faoliyat

 “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig’inida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Mehr va e’tibor — keksalarga yuksak ehtirom ifodasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati va bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda Xalq deputatlari Shayxontohur tuman deputati Manzura Valiyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu uchrashuv partiyaning "Xalq bilan birga" loyihasi va “Keksalarga mehr” aksiyasi doirasida yuqori saviyada o’tkazildi.
Tadbirga xalq deputatlari Shayxontohur tumani kengashi deputati M.Valiyeva moderatorlik qildi. Davra suhbati davomida soha mutaxassislari va xalq vakillarining ma’ruzalari tinglandi:
Shayxontohur tumani hokimi Abubakirov Bobir Yuldashovich o’z so’zida keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasi, ularning o’gitlari va duolari jamiyat jipsligi hamda yoshlar tarbiyasida beqiyos ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida mahalla nuroniylari o’zlarining bosib o’tgan hayot yo’llari, mehnat faoliyatlari haqida so’zlab, ko’rsatilayotgan yuksak e’tibor va g’amxo’rlik uchun minnatdorchilik bildirdilar. Bolajonlar ijrosidagi vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo’shiqlar va she’rlar tadbirga o’zgacha shukuh bag’ishladi.
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan deputatlar tashabbusi bilan mahalla faxriylariga esdalik sovg’alari topshirildi.

Slide 1 of 3