Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabovlar tomonidan “Yetimqum” mahallasida olib borilayotgan ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabovlar tomonidan “Yetimqum” mahallasida olib borilayotgan ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari tuman Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun tasdiqlangan dastlabki manzilli ro‘yxat asosida “Yetimqum” mahallasining ichki ko‘chalarida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Nazorat-tahlil tadbirlari davomida asfalt yotqizish jarayonining sifati, texnologik talablarga muvofiqligi hamda ishlarning borishi joyida ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Hududda amalga oshirilayotgan mazkur ishlar aholi uchun qulay sharoit yaratish, ichki yo‘llar holatini yaxshilash hamda mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Xudoyqulova #A_Mamarajabov #Nazorat_tahlil

Slide 1 of 4