Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 1-yarim yillik media-rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hududidagi kutubxona, muzey hamda madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasi va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganilmoqda.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati K. Karimova tomonidan A. Navoiy mahallasida joylashgan “Istiqlol” madaniyat markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida madaniyat markazida hozirda 7 nafar xodim faoliyat yuritayotgani, shuningdek 0,5 shtat birligida bo‘sh ish o‘rni mavjudligi xodimlar tomonidan ma’lum qilindi.

Shuningdek, markazda mavjud to‘garaklar faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Hozirda 2 ta to‘garak faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, 2 ta to‘garak esa vaqtincha faoliyatini olib bormayotgani aniqlandi.

Bundan tashqari, madaniyat markazida barcha zarur cholg‘u asboblari mavjudligi va moddiy-texnik baza nisbatan yaxshi holatda ekani qayd etildi.

O‘rganish yakunida madaniyat markazi faoliyatini yanada faollashtirish, to‘garaklar ishini yo‘lga qo‘yish hamda aholining madaniy dam olishini tashkil etish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3