Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Kengash_faoliyati

Obodlik sari yuz tutayotgan manzillar: Bandixon tumanidagi "Xalqobod" oilaviy shifokorlik punkti

Bugun Bandixon tumanida keng ko'lamli qurilish, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, viloyatda kundan-kunga rivojlanish sari bo'y cho'zayotgan tumanlardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati,tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan tumanning Obod turmush mahallasida joylashgan "Xalqobod" oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati o'rganildi.

Tashrif davomida mazkur tibbiyot muassasasining aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar hamda zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, tibbiy xizmatlar sifati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Ma'lumot uchun: "Xalqobod" oilaviy shifokorlik punkti 1987-yilda qurib foydalanishga topshirilgan bo'lib, shuncha vaqtdan buyon xalqimizga beminnat xizmat ko'rsatib kelmoqda. Qishda sovuq, yozda issiq bo'lgan mazkur oilaviy shifokorlik punktida aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish uchun sharoit haminqadar edi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida ushbu tibbiyot maskani qayta ta'mirdan chiqarilib, bugun aholiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatilib kelinmoqda.

Slide 1 of 8