Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

Qabul jarayonida mahalla fuqarolari tomonidan bir qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Jumladan, Burchilik ko‘chasi 2-uyda yashovchi Saransev Zufar kredit olish masalasi bo‘yicha, Burchilik ko‘chasi 4-uyda istiqomat qiluvchi Raxmonova Umrinso qarilik nafaqasi yuzasidan murojaat qildi.

Shuningdek, Qog‘ozgarlik ko‘chasi 17-uyda yashovchi Gʻofurova Sevara farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish masalasida, shu manzilda yashovchi G‘ofurov Ulug‘bek esa ish bilan ta’minlash yuzasidan murojaat bilan chiqdi.

Deputat tomonidan kelib tushgan murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, ayrim masalalar yuzasidan joyida tushuntirishlar berildi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish belgilandi.

Mazkur fuqarolar qabuli aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni hal etish hamda fuqarolar bilan samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3