Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Xotira — qalbda, ehtirom — amalda!
9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan, xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 13-Shabada saylov okrugidan saylangan deputat Ramazonov Muzaffar Xolmirzayevich tomonidan tashabbus ko‘rsatilib “Darband” mahalla fuqarolar yig‘inidagi qabristonida obodonlashtirish va hashar ishlari tashkil etildi.

Tadbir davomida hudud tozalanib, qabriston atrofi tartibga keltirildi hamda ziyoratgohlar obod holatga keltirildi.

Ushbu ezgu tashabbus aholi qalbida ajdodlar xotirasiga hurmat, mehr va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Zero, ajdodlarni e’zozlash - bu tarixni asrash, tarixni asrash esa kelajakni barpo etish demakdir.

Shuningdek, tuman Kengashiga 10-Yangiyer saylov okrugi deputati Tangirov Tursunqul Xo‘jaqulovichning tashabbusi bilan ham “Yangiyer” mahallasidagi “Cho‘lponxon ota” qabristonida obodonlashtirish hashari o‘tkazidi.

Bu kabi tadbirlar har bir deputatimiz tomonidan o‘zlari saylangan hududlarda doimiy o‘tkazilib kelinadi.
Slide 1 of 4