Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjieva Muhabbatx Haydaraliyevna tomonidan Sharaf mahallasi hududidagi 26-sonli ko‘p qavatli uy aholisi murojaatlari asosida hududdagi muammolar o‘rganildi.

O‘rganish davomida uy atrofiga tutash hududda qurib qolgan va avariya holatiga kelib qolgan daraxtlar fuqarolar hayoti va salomatligiga xavf tug‘dirayotgani, shuningdek, hududdagi harakat xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlandi.

Xususan, 26-sonli uyga olib boruvchi kirish yo‘lagi berk ko‘cha hududida joylashgani sabab ayrim transport vositalari haydovchilari yuqori tezlikda harakatlanayotgani, bu esa ko‘p qavatli uy oldida joylashgan bolalar maydonchasi va aholi xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgani qayd etildi.

Mazkur holatlar yuzasidan deputat tomonidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, hududdagi qurib qolgan daraxtlarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, xavfli daraxtlarni belgilangan tartibda kesish hamda sanitariya-tozalash ishlarini amalga oshirish so‘raldi.

Shuningdek, hududga “Berk ko‘cha (tupik)”, “Tezlikni cheklash” va boshqa ogohlantiruvchi yo‘l belgilarini o‘rnatish, zaruratdan kelib chiqib sun’iy notekislik (“yotuvchi politsiya”) tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqish yuzasidan ham tegishli idoralarga murojaat yo‘llandi.

Mazkur masalalar deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1