Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
ℹ️ Yoshlar bandligi va mahalla osoyishtaligi – ustuvor yo‘nalish

 Yoshlar bandligi va mahalla osoyishtaligi – ustuvor yo‘nalish

🏦 Kosonsoy tumani Ravot MFYda 10-okrug deputati Marhabo Baratova tashabbusi bilan mahalla “yettiligi” a’zolari ishtirokida muhim uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida hududda dolzarb bo‘lib turgan qator masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, 11-sinf bitiruvchilarining kelgusidagi bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Yoshlar bandligi bo‘yicha:

— bitiruvchilarni kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish

— oliy ta’lim va kasbiy ta’lim muassasalariga kirishiga ko‘maklashish

— bo‘sh ish o‘rinlari va tadbirkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berish

— yoshlarni “yagona reestr” va bandlik dasturlari asosida qo‘llab-quvvatlash

⚖️ Shuningdek, mahallada jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarning profilaktikasi, yoshlar o‘rtasida salbiy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ham fikr almashildi.

🌿 Mahallani obodonlashtirish, hududni yanada ko‘rkam va yashash uchun qulay holga keltirish, infratuzilmani yaxshilash masalalari ham muhokama qilindi.

✍️ Suhbat davomida bildirilgan taklif va muammolar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2