Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Uzunqishloq MFYda “Muqaddas” qabristoni yo‘llari obod qilinmoqda: aholi tashabbusi amalda

Uzunqishloq MFYda “Muqaddas” qabristoni yo‘llari obod qilinmoqda: aholi tashabbusi amalda

🔖Uzunqishloq MFY hududida joylashgan “Muqaddas” qabristoniga olib boruvchi hamda uning ichki yo‘llarini asfaltlash masalasi aholi tomonidan uzoq yillar davomida ko‘tarib kelinayotgan dolzarb muammolardan biri edi. Ayniqsa, yomg‘irli va noqulay ob-havo sharoitida qabristonga borishda qiyinchiliklar yuzaga kelib, bu holat fuqarolarga noqulaylik tug‘dirib kelayotgan edi.

📍Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida fuqarolar tashabbusi bilan “Open budjet” dasturining 2025 yil 2-mavsumida ushbu loyiha ilgari surildi va keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, g‘olib deb topildi. Ushbu tashabbusni amalga oshirishda deputat Omonov Odiljon ham faol ishtirok etib, masalaning ijobiy hal etilishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.

📍Natijada, qabristonga olib boruvchi asosiy yo‘l hamda uning ichki yo‘laklari bosqichma-bosqich asfaltlash ishlari amalga oshirildi. Bu esa aholi uchun qulaylik yaratish, ayniqsa, katta yoshdagilar va ziyoratga keluvchilar uchun sharoitlarni yaxshilashga xizmat qildi.

📍Hozirgi kunda mazkur hududda obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, atrof-muhitni tartibga keltirish, hududni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va qo‘shimcha infratuzilma yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Deputat Omonov Odiljon ta’kidlaganidek:

💎“Bu kabi loyihalar aholining haqiqiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli. ‘Open budjet’ orqali fuqarolar o‘zlari istagan muammolarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Biz esa ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.”

ℹ️Umuman olganda, mazkur loyiha aholi tashabbusi, davlat dasturlari va deputatlik faoliyati uyg‘unligida amalga oshirilayotgan bo‘lib, hududni yanada obod va qulay maskanga aylantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5