Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
GIDROENERGETIKA SOHASINI RIVOJLANTIRISH — BARQAROR TARAQQIYOT OMILI

GIDROENERGETIKA SOHASINI RIVOJLANTIRISH — BARQAROR TARAQQIYOT OMILI

Joriy yilning 29-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan taqdimot bilan tanishildi.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar, avvalo, energiya manbalarini diversifikatsiya qilish, qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish hamda hududlarda barqaror elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Gidroenergetika ekologik toza va iqtisodiy jihatdan samarali soha bo‘lib, uni rivojlantirish orqali nafaqat energiya tanqisligini kamaytirish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati ham kengayadi.

Deputat sifatida ta’kidlash joizki, ushbu tashabbuslar hududlar rivojiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish, mavjud suv resurslarini oqilona boshqarish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali gidroenergetika salohiyatini yanada oshirish mumkin.

Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini joylarda tizimli nazorat qilish, aholining ehtiyojlari va takliflarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Energetika sohasidagi bunday yirik tashabbuslar mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash bilan birga, kelajak avlodlar uchun ishonchli energiya manbaini yaratishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Полещук Наталья Валерьевна

Slide 1 of 1