Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
#nazorat #o'rganish

Olmaliq shahrida "mahalla yettiligi" faoliyatini tahlil qilish va aholi bilan ishlash tizimini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhning navbatdagi o‘rganishlari "So‘fi Olloyor" mahallasida bo‘lib o‘tdi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Lenura Baydullayeva, Abdujabbor Djurayev, Zuhra Pulatova hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov ishtirok etishdi.

🔍 Tahlil natijalari va aniqlangan holatlar:

Ishchi guruh tomonidan mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim va profilaktika inspektorining faoliyati maxsus savolnoma asosida ko‘zdan kechirildi:

✅ Ijobiy holat: Mahallada "yettilik" a’zolari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi kuzatildi.

⚠️ Vakant lavozim: O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi hozirda vakant ekanligi aniqlandi.

❌ E’tiroz va kamchilik: Mahalla mas’ullari tomonidan fuqarolar murojaatlarini qayd qilish daftarining yuritilmaganligi deputatlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Deputatlar tomonidan murojaatlar bilan ishlashda shaffoflikni ta’minlash, har bir murojaatni qat’iy hisobga olish va ijrosini nazorat qilish yuzasidan mahalla mas’ullariga uslubiy tushuntirishlar va tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Maqsadimiz — har bir mahallada hujjatlar bilan ishlash tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va aholi muammolariga befarq bo‘lmaslik!

Slide 1 of 6