Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
#nazorat #tahlil

Olmaliq shahrida "mahalla yettiligi" faoliyatini tahlil qilish hamda aholi muammolarini joyida hal etish bo‘yicha deputatlik o‘rganishlari qizg‘in davom etmoqda. Navbatdagi manzil "Koinot" mahallasi bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga Toshkent viloyati hokimi tomonidan taqdim etilgan loyihalar va berilgan topshiriqlar ijrosiga qaratildi.

📑 Strategik vazifalar: Viloyat hokimining taqdimoti yuzasidan berilgan topshiriqlarni hayotga tatbiq etish va muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

🤝 Deputat va mahalla hamkorligi: Mahalladagi masalalarni hal etishda deputatlarning "mahalla yettiligi" bilan o‘zaro aloqalarini mustahkamlash yuzasidan uslubiy tushunchalar berildi.

👥 Aholi bilan muloqot: Taqdimot mazmun-mohiyati va unda belgilangan imtiyozlar hamda rejalarni aholi orasida keng tushuntirish choralari ko‘rildi.

🌟 Natija va baho:

Deputatlar tomonidan "Koinot" mahallasida faoliyat yuritayotgan "yettilik" a’zolarining ishi ijobiy baholandi. Ayniqsa, mas’ullarning bir-biri bilan o‘zaro hamkorligi va jipsligi olib borilayotgan amaliy ishlarda yaqqol namoyon bo‘layotgani alohida e’tirof etildi.

✅Mahalla — xalq va davlatni bog‘lovchi eng mustahkam ko‘prikdir!

Slide 1 of 2