Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
#tayyorgarlik #nazorat

Olmaliq shahrining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan, ayniqsa, jajji bolajonlarimizning sevimli maskaniga aylanishi kutilayotgan "Bolajon" istirohat bog‘ida yakuniy tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Sanjar Mamayusupov hamda Faxriddin Matasimovlar mazkur maskanda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:

✅Xavfsizlik: Attraksionlarning texnik holati va ishlash mexanizmlari.

✅Obodlik: Atrof-muhitning ozodaligi va ko‘kalamzorlashtirish darajasi.

✅ Qulaylik: O‘rindiqlarning sozligi va aholi dam olishi uchun yaratilgan salqin muhit.

✅ Estetika: Yo‘laklarga o‘rnatilgan bannerlarning sifati va mazmuni.

🗣 Aholi fikri — diqqat markazida

Deputatlar o‘rganish jarayonida bog‘ga tashrif buyurgan fuqarolar bilan ham muloqot qildilar. Aholining bog‘ faoliyati, undagi qulayliklar va kutilayotgan o‘zgarishlar borasidagi fikr va takliflari tinglandi.

"Bog‘ nafaqat ko‘ngilochar maskan, balki xavfsiz va madaniy dam olish maskani bo‘lishi shart," — deya ta’kidladi deputatlar o‘rganish davomida.

Yakunda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. "Bolajon" bog‘i tez kunda shahar aholisi va mehmonlari uchun o‘z eshiklarini qaytadan ochadi.

Slide 1 of 6