Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
РОВУТ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОНУН ИЖРОСИ — ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
#nazorat #tahlil

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruh shahardagi mahallalar bo‘ylab o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda. Navbatdagi manzilli tahlil tadbirlari "Alisher Navoiy" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, mahalliy Kengashlarning hududlarni rivojlantirish dasturlari ustidan nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

👥 Ishchi guruh tarkibi:

O‘rganishda deputatlar Nargiza Atakulova, Fahriddin Matasimov, Lenura Baydullayeva, Sanjar Mamayusupov, Matluba Ashurova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov ishtirok etishdi.

🔍 Tahlil jarayonida quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi:

"Mahalla yettiligi" — mahalla raisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorining faoliyati yuzasidan tegishli hujjatlar o‘rganilib, quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🧹 Obodonlashtirish: Mahalla hududining tozaligi va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;

🛡 Xavfsizlik: Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi;

💰 Ijtimoiy ko‘mak va Bandlik: Ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish tizimi hamda aholi bandligini ta’minlash;

👨‍👩‍👧‍👦 Oilaviy masalalar: Oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi.

✍️Natija va nazorat:

O‘rganish natijasida "yettilik" vakillariga mahallabay ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uslubiy ko‘mak berildi. Shu bilan birga, faoliyatda kuzatilgan ba’zi kamchiliklar yuzasidan mahalla raisiga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi deputatlar tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

✅Xalq vakillari mahalla hayotidagi har bir masalani diqqat markazida saqlashda davom etadi!

Slide 1 of 6