Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ Сел-тошқинларнинг олдини олиш ишлари ўрганилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ВА БЕМОРЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
янв.21
ТАДБИРКОР АЁЛ ТУТ ЕТИШТИРИШ ОРҚАЛИ ПИЛЛАЧИЛИККА ҲИССА ҚЎШМОҚДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММОЛАРИ МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ХОТИРА ВА ҚАДРИЯТЛАР ЭЪЗОЗЛАШ
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУАММОЛАР ВА ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБЛИ РЕЖАЛАШТИРИШДАН БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
SARIKUL MAHALLASIDA ZAMONAVIY SPORT MAYDONI QURILMOQDA

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov tomonidan tumandagi Sarikul mahallasida joylashgan 17-umumta’lim maktabi hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

Mazkur sport maydoni 2025-yil 2-mavsum “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida aholi tashabbusi bilan g‘olib deb topilgan bo‘lib, ayni paytda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Loyihaga muvofiq, ushbu zamonaviy sport maydonini barpo etish uchun jami 1 milliard 400 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Qurilish ishlari sendvich-panel texnologiyasi asosida amalga oshirilayotgani esa inshootning mustahkamligi va zamonaviy talablarga javob berishini ta’minlaydi.

Deputat tomonidan qurilish jarayoni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur sport maydoni foydalanishga topshirilgandan so‘ng, mahalladagi yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Slide 1 of 4